Rossiyadagi kafelardan birida uch o‘zbekistonlik o‘rtasida pichoqbozlik yuz berdi (video)
Olam
−
31 avgust 2021
19114Ijtimoiy tarmoqlarda kecha, 30 avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Krasnogvardeysk tumanidagi kafelardan birida spirtli ichimlik ichgan muhojirlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati Bosh boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, janjal ommaviy tus olmagan. Faqatgina 29, 30 va 38 yoshli O‘zbekistonning uch fuqarosi o‘rtasida yuzaga kelgan. Og‘zaki boshlangan mojaro pichoqlashish darajasiga yetib borgan.
“Mojaro spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida yuzaga kelgan. Shundan so‘ng janjalga erkaklarning o‘sha joyda bo‘lgan vatandoshlari ham aralashib, ularni ajratishga harakat qilgan. Ammo, foydasi bo‘lmagach politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, ushbu muhojirlar voqea joyidan ichki ishlar bo‘limiga, so‘ng tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga olib borilgan. Hozirda har uchalasining ham ahvoli qoniqarli.
Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasida tergov ishlari davom etmoqda. Qayd etilishicha, ularning migratsiya qonunchiligiga muvofiq ishlayotgani ham tekshiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, janjal bo‘lgan kafe yonida Sankt-Peterburg aholisining kambag‘al qatlamlari orasida mashhur bo‘lgan oziq-ovqat do‘koni mavjud bo‘lib, u yerda ko‘plab mehnat muhojirlari ishlaydi.
LiveBarchasi