Rossiyadagi 11 ta aeroport faoliyatiga o‘rnatilgan cheklov uzaytirildi

Olam

image

Rossiya janubidagi 11 ta aeroport faoliyati uchun cheklovlar joriy yilning 26 martiga qadar uzaytirildi. Bu haqda Federal havo transporti agentligi Matbuot xizmati xabar bergan

“Cheklovlar 26 martga qadar uzaytirildi”, deydi agentlik vakili. 

Qayd etilishicha, quyidagi aeroportlarda cheklov joriy qilingan: Anapa, Belgorod, Bryansk, Voronej, Gelenjik, Krasnodar, Kursk, Lipetsk, Rostov-Don, Simferopol, Elista. 

Agentlik xabariga ko‘ra, ushbu aeroportlar 26 mart kuni Moskva vaqti bilan 03:45 gacha yopiq qoladi. 

Aytish joizki, joriy yilning 24 fevralidan beri Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya janubidagi  havo hududining bir qismini fuqarolik samolyotlari uchun yopdi. Cheklov bir necha bor uzaytirildi. Oxirgi cheklov 20 martgacha amal qilishi kerak edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

427

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing