Rossiyadagi hibsxonada o‘zbekistonlik erkak osilgan holda topildi

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi tergov izolyatorida o‘zbekistonlik erkak osilgan holda topildi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda. 

 

“Birinchi Silikatniy ko‘chasidagi tergov izolyatori kamerasidan 1970 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosining osilgan jasadi topildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak Moskvaning Xoroshevskiy tuman sudi tomonidan qurol ishlatib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazganlikda ayblanib, hibsga olingan.

Qayd etilishicha, avvalroq, Moskvadagi 4-sonli tergov izolyatorida ham ikki kishi o‘z joniga qasd qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

785

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing