Rossiyada yo‘lovchi to‘la avtobus ag‘darilib ketdi

Olam

image

Bugun, 21 noyabr kuni Rossiyaning Krasnoyarsk shahri yaqinida avtobus yo‘lovchilari bilan ag‘darilib ketdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Krasnoyarsk o‘lkasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH Krasnoyarsk yaqinidagi “Kansk-Aban-Boguchani” avtomobil yo‘lining 333-kilometrida sodir bo‘lgan. Avtobus haydovchisi chapga burilib kelayotgan mashinani aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan, biroq boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l yoqasiga ag‘darilib tushgan.

Transport vositasida jami 36 kishi bo‘lgan, 9 nafari tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jabrlanuvchilar to‘g‘risida ma’lumotlar aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing