Rossiyada vaziyat jiddiy: koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlanishi mumkin

Olam

image

Joriy yilning 2 aprel holatiga ko‘ra, Rossiyada koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9021 nafarga ko‘payib, umumiy hisobda 4,5 milliondan ortdi. Bu haqda “stopkoronavirus” xabar bermoqda.

“SberIndeks” laboratoriyasining taxmin qilishicha, Rossiyada 15 aprelga kelib, koronavirus infeksiyasining ko‘payish tezligi bugungi kunga qaraganda uch baravarga o‘sadi. Agar ushbu prognoz o‘z tasdig‘ini topsa, Rossiyada pandemiyaning uchinchi to‘lqin boshlanadi.

Hududlar orasida poytaxt Moskva kasallikni umumiy yuqtirish soni bo‘yicha 1,03 million (so‘nggi sutkada +2011 – tahr.) bilan yetakchilik qilmoqda. Sankt-Peterburg 396,7 ming holat bilan ikkinchi o‘rinda (so‘nggi sutkada +717), uchinchi o‘rinda esa 234 ming odamda yuqumli kasallik aniqlangan Moskva viloyati (so‘nggi sutkada +594) bormoqda.

Bugungi kunda Rossiyada 276,1 ming kishi COVID-19 dan davolanmoqda. Kasallikdan 4,19 million kishi sog‘ayib ulgurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

403

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing