Rossiyada “Vatandosh” o‘zbeklar jamiyati rahbari qo‘lga olindi
Olam
−
19 yanvar
29073Rossiyadagi “Vatandosh” mintaqalararo o‘zbeklar jamiyati rahbari Usmon Baratov Moskvada qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mitaning Moskva boshqarmasi Baratovga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 282-moddasi (nafrat yoki adovat qo‘zg‘atish, shuningdek inson qadr-qimmatini kamsitish) 2-qismining "c" bandi bo‘yicha ish ochgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning dekabrida Usmon Baratov ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini, jumladan, Ukraina hududidagi urushda qatnashayotganlarni kamsitadigan postlarini e’lon qilgan.
Tergov qo‘mitasi xabarida gap aynan qaysi postlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan. Biroq oldinroq bir qancha harbiy muxbirlar va Telegram kanallari Usmon Baratovning 16 dekabr kuni Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida Rossiyadagi tuxum narxi bilan bog‘liq vaziyatga izoh bergan postiga e’tibor qaratgan edi. Postga tovuqlar surati va harbiy muxbirlar Ukrainadagi urush ishtirokchilariga nisbatan haqorat sifatida baholangan yozuv ilova qilingan.
16 yanvar kuni Usmon Baratov uning ijtimoiy tarmoqlari xakerlik hujumiga uchragani haqida gapirdi.
17 yanvar kuni esa Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Usmon Baratovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishni buyurdi. Baratovga qo‘yilayotgan ayblov ortidan u 6 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
LiveBarchasi