Rossiyada o‘zbekistonliklarning 2 mln rubldan ortiq ish haqi undirildi
Jamiyat
−
14:00 1048 1 daqiqa
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubldan ortiq ish haqi undirib berildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari Tyumen viloyatining Tobolsk shahrida bo‘lib, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.
Xizmat safari davomida “Ijproservis” YATT va “Sadkom” MCHJda ishlayotgan 100 dan ortiq fuqarolar bilan sayyor qabul tashkil etilgan. Muloqot chog‘ida diplomatlar konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatib, pasport rasmiylashtirish va migratsiya qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar bergan. Shuningdek, o‘zbekistonliklarga turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik, ogoh bo‘lish va harbiy kompaniyalar safiga yollanish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida alohida uqtirilgan.
Ularning murojaatlari asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida “Sadkom” MCHJ tomonidan 26 nafar o‘zbekistonlikning fevral va mart oylari uchun ish haqi asossiz ravishda ushlab qolingani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan ob’ektning bosh pudratchisi “Sibur” MCHJ rahbariyati va bevosita ish beruvchilar ishtirokida muzokaralar o‘tkazilgan. Muloqot yakunida ish beruvchilar ish haqi to‘lanmaganini tan olib, mavjud qarzdorlikni bartaraf etishga kelishilgan.
Live
BarchasiIsroil Bayrutga zarba bermoqda
05 aprel