Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus “KamAZ” bilan to‘qnashdi
Olam
−
10 dekabr 2021
5312Rossiyada 23 nafar O‘zbekiston fuqarosini olib ketayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda o‘ndan ortiq o‘zbekistonlik jabrlangan, bir nafari esa vafot etgan. Bu haqda “Sputnik” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kecha, 9 dekabr kuni Nijniy Novgorod viloyati Ardatov tumani Ideal qishlog‘idan o‘tuvchi Ardatov – Arzamas trassasida avtobus va “KamAZ” rusumli yuk mashinasi to‘qnashib ketgan. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan ma’lumotda avtobusdagi 23 nafar yo‘lovchining barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani aytilgan.
Xabarga ko‘ra, YTHga avtobus haydovchisining tezlikni belgilangan me’yordan oshirib yuborgani va oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani sabab bo‘lgan. YTHda 11 kishi jabrlangan, avtobus haydovchisi halok bo‘lgan.
Ayni paytda viloyat prokuraturasi tomonidan tekshiruv tashkil etilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi