Rossiyada o‘zbekistonlik vatandoshining boshiga tepib o‘ldirib qo‘ydi 

Olam

image

Rossiyada ko‘chadan 23 yoshli o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari yozmoqda. 

Qayd etilishicha, ko‘chada o‘lgan o‘zbekistonlikni shifokorlar Smolenka daryosi qirg‘og‘idagi tibbiy amaliyot xonasiga olib kirishgan. 

Shundan so‘ng, uning o‘lim sababini aniqlash uchun jasad o‘likxonaga yuborilgan, biroq hech qanday jarohat asoratlari aniqlanmagan. 

Ma’lum bo‘lishicha, yigit boshiga tushgan zarbadan vafot etgan. Holat yuzasidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish oqibatida odamni o‘lim holatiga olib kelish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xavfsizlik xodimlari jinoyat yuzasidan 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan. Ayblanuvchi joriy yilning 9 avgust kuni yotoqxonada o‘zaro janjal oqibatida tanishining boshiga tepgani aniqlangan. U protsessual tarzda qamoqqa olinib, vaqtinchalik izolyatorga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

795

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing