Rossiyada o‘zbekistonlik rejissyorning filmi namoyish etildi
Madaniyat-san’at
−
13 avgust 2019
6918O‘zbekistonlik rejissyor Andrey Arutyunov ssenariysi va prodyuserligida suratga olingan “Dengiz ruhlari” filmi Rossiyaning Viborg shahrida o‘tkazilgan festivalda namoyish etildi.
Filmda Seydulla Moldaxanov va Nigina Anarbayeva va Sherali Ortiqovlar ishtirok etgan.
Bir yarim soatlik Estoniya-O‘zbekiston-Rossiya kinoijodkorlari suratga olgan filmdagi harakatlar ilgari dengiz bo‘lgan, ammo u qurib qolib, cho‘lga aylangan joy bilan bog‘liq. Nomi biror marta ham tilga olinmasa-da, tomoshabinlar darrov Orolni esga oldi.
Seydulla Moldaxanovning qahramoni – qurib qolgan dengiz tubi endi u yog‘iga yashashdan ma’no yo‘qligiga aniq sabab bo‘lib tuyulgan og‘ir xasta, qari baliqchi. Biroq keksa odam oxir-oqibat hayotdan yangi ma’no topadi. Bunga o‘zi bezorilar changalidan qutqarib qolgan bolaning paydo bo‘lishi sabab.
Agar dengiz haqida gapirsak, u go‘yo izsiz g‘oyib bo‘lgan. To‘lqinlar mavjlangan joy o‘rnida endilikda qaqrab yorilgan dengiz tubi qolgan, endi bu yerda insonlar yashamoqda.
O‘tmishdan qochishga urinayotgan qari baliqchi. Qayig‘ini yo‘ltanlamasga almashtirgan chegarachi. O‘zgalar firibgarligi tufayli, deyarli bor budidan ajragan sobiq amaldor... Dengiz g‘oyib bo‘ldi, lekin uning qaytishiga umid bor.
LiveBarchasi