Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlari soni keskin oshgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
28 aprel 2023
10838Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikovga ko‘ra, mamlakatda yetti yil ichida O‘zbekistondan borgan mehnat migrantlari soni 4 baravar oshgan. Bu haqda “Lenta.ru” xabar berdi.
Qayd etilishicha, u bu haqda Toshkentda o‘tkazilgan ikkinchi Xalqaro investitsiya forumida ma’lumot bergan. Reshetnikov, shuningdek, O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi uch mingta kompaniya faoliyat yuritayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili 700 ta firma ochilgan.
Avvalroq berilgan tahlillarga ko‘ra, 2022 yilda Rossiyada mehnat muhojirlari soni qariyb 30 foizga oshib, 3,47 millionga yetgan. Ularning 90 foizdan ortig‘i esa O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
LiveBarchasi