Rossiyada o‘zbekistonlik mahkumlar tunnel qazib, koloniyadan qochib ketdi
Olam
−
26 Oktabr
17450Rossiyaning Lipetsk viloyatida olti mahkum koloniyadan qochib ketdi. Bu haqda viloyat gubernatori Igor Artamonov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“2-sonli axloq tuzatish koloniyasidan olti nafar mahkum qochib ketdi. Ayni paytda barcha tezkor xizmatlar ularni topishga qaratilgan bo‘lib, idoralararo guruh ishlamoqda. Federal jazoni ijro etish xizmatining Lipetsk viloyati bo‘yicha departamenti Ichki ishlar vazirligi, Rossiya gvardiyasi va Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda jinoyatchilarni qidirish va hibsga olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni tashkil etdi”, dedi u.
Federal Jazoni ijro etish xizmati hududiy boshqarmasi koloniya hududini aylanib o‘tish chog‘ida tunnel topilgani, shundan so‘ng ular mahkumlar sonini sanashgani va olti kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.
“Rossiya Federal Jazoni ijro etish xizmatining Lipetsk viloyatidagi birlashgan otryadi shaxsiy tarkibi ogohlantirildi. Vaqtinchalik qidiruv postlari o‘rnatildi. O‘zaro aloqador organlarga xabar berildi, mahkumlar bo‘yicha indikativ ma’lumotlar yuborildi. Zaxira va ta’qib guruhlari qizg‘in ta’qibga jo‘natildi”, deyiladi xabarda.
“112” va “Mash” Telegram-kanallari qochqinlar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi:
- Davron Jabborov, 1997 yilda tug‘ilgan Tojikistonda tug‘ilgan, zo‘rlashda ayblangan.
- Dilshol Arslonov 1996 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda ayblangan.
- Turg‘un Abdullayev, 1997 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan, zo‘rlashda ayblangan.
- Xurshilbek Daniyev, 2005 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan, giyohvand moddalar savdosida ayblangan.
- Parvozbek To‘raboyev, 2005 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan, giyohvand moddalar savdosi uchun sudlangan.
- Baxtiyor Jumayev, 1996 yilda tug‘ilgan, zo‘rlashda ayblangan.
LiveBarchasi