Rossiyada o‘zbekistonlik quruvchilar vayronalar ostida qolib ketdi. Qurbon bor

3-sahifa

image

Joriy yilning 22 sentyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida qurilish vaqtida 1989 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi vayronalar ostida qolib, vafot etdi. Bu haqda Rossiyaning Sverdlovsk viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, qurilish vaqtida qazilgan chuqurning tayanch devori qulab tushgan. Buning oqibatida 1962 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi oyog‘idan jarohat olgan. Bundan tashqari, 1989 yilda tug‘ilgan yana bir o‘zbekistonlik vayronalar ostida qolib, vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, kanalizatsiya trubasi shikastlanishi ortidan yetti metrli chuqurni suv bosgan va shu sababli marhumni yer yuziga chiqarib olish oson bo‘lmagan.

Jasad mahalliy vaqt bilan soat 21:14da Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan topilgan va chuqurdan chiqarilgan. Rossiya Jinoyat kodeksining 216-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atigan, uning eng yuqori jazosi – besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Xabarga ko‘ra, hozirda ushbu qurilish maydonida ishlarning xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan aniq mansabdor shaxslar belgilanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

933

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing