Rossiyada o‘zbekistonlik bir umr qamoq jazosiga hukm qilindi

Olam 31734
image

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati yaqinida 27 yoshli o‘zbekistonlik yigit to‘rt kishilik oilani o‘ldirish va talonchilikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda TASS viloyat prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat o‘tgan yilning 28 fevralida Priok tumanining Kudma qishlog‘ida sodir etilgan. Ishchi bo‘lib ishlagan sudlanuvchi g‘arazli niyatda garajdagi 63 yoshli nafaqaxo‘rga hujum qilib, unga bir necha marta pichoq urgan va ilmoq bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. Keyin u uyga kirib, marhumning 62 yoshli xotinining boshiga bir necha bor urgan, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan so‘ng, ularning 41 yoshli qizini pichoqlab, 6 yoshli nabirasini bo‘g‘ib, umrlariga zomin bo‘lgan. 

U 35 million rubldan ortiq pul va qimmatbaho buyumlarni olib, jinoyat joyidan qochib ketgan.

2021 yil 1 martda ayblanuvchi Vladimir viloyati hududida hibsga olingan. Keyinroq tergovchilar jinoyatchi qotillikka oldindan tayyorgarlik ko‘rganini aniqlagan: jinoyat arafasida u maxsus metall ilmoq yasagan va pichoq topib olgan.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, muhojir besh yil davomida pasport ololmagani uchun jinoyat sodir etishga qaror qilgan. Pullarni O‘zbekistonga qaytib to‘y qilmoqchi bo‘lgani uchun o‘g‘irlagan.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1874
Reyting: 2.9
t
×