Rossiyada O‘zbekistondan isiriq olib borgan shaxs 7 yilgacha qamalishi mumkin

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Novorossiysk viloyatida bojxonachilar O‘zbekistondan temir yo‘l orqali borgan konteynerda 1 tonna 184,44 kilogramm quritilgan isiriq borligini aniqladi. Bu haqda mamlakat Federal bojxona xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bojxonachilar o‘simlikdan namuna olib, ekspertizadan o‘tkazgan. Ekspertiza o‘t tarkibida harmin moddasi borligini ko‘rsatgan. Konteynerda isiriqdan tashqari quritilgan mevalar va o‘tlar, yovvoyi gul, idish-tovoq hamda zig‘ir moyi ham bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining birinchi qismi 229.1-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari kontrabandasi) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, RF Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

497

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing