Rossiyada urush yillarida yo‘qolgan o‘zbekistonlik askarning qoldiqlari topildi

Olam

image

Rossiyaning Tver viloyatining Rjev shahri yaqinida Ikkinchi jahon urushida qatnashgan o‘zbekistonlik askarning qoldiqlari topildi. Hozirda uning qarindoshlari qidirilmoqda. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar bermoqda.

“Pioner” qidiruv jamoasi o‘zining TikTok akkauntida ushbu topilma haqida ma’lumot berib video joylagan. 

Qayd etilishicha, bir necha kun oldin Tver viloyatining Rjev shahrida Ikkinchi jahon urushida vafot etgan askarning qoldiqlari topilgan. Askarning yonida shaxsiy medalon va qaydnoma bo‘lgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompyuter yordamida yo‘qolgan qahramonning nomini tiklashga muvaffaq bo‘lishgan.

Xabarga ko‘ra, askar o‘zbekistonlik 1915 yilda tug‘ilgan Hasan Aminov. U 1942 yildan buyon bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi. Aytilishicha, u Toshkent shahri Hamza ko‘chasida yashagan. Qaydnomada askar rafiqasining familiyasi Tojiyeva ekani yozilgan.

Qidiruvchilar yo‘qolgan askar haqida ma’lumot tarqatishda va uning yaqinlarini topishda yordam so‘ramoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

771

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing