Rossiyada o‘rmon yong‘inlari: odamlar tutun ichida qolmoqda (video)

Olam

image

Joriy yilning 6 iyunidan 21 iyuligacha bo‘lgan vaqt mobaynida Rossiya tarkibidagi Yoqutiston avtonom Respublikasining 129 nafar fuqarosi o‘rmonlarda sodir bo‘layotgan yong‘inlarning zararli tutuni sababli sog‘ligi yomonlashganidan aziyat chekib, mamlakatning davolash-profilaktika muassasalariga murojaat qilgan. Ushbu fuqarolarning 15 nafarini bolalar tashkil etadi. Bu haqda TACC xabar berdi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqa bo‘yicha Bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlari sababli 107 ta aholi punkti va Yakutsk shahri tutun zonasida qolgan. Eng ko‘p murojaatchilar Yakutsk shahrida qayd etilgan. 4 kishi Tomponskiy, Nyurbinskiy, Namskiy va Xangalasskiy tumanlaridagi shifoxonalarga yotqizilgan.

Hozirga qadar mamlakatda 208 ta o‘rmon yong‘inlari qayd etilgan bo‘lib, uchta mintaqada sun’iy yomg‘ir yog‘gan. Bugunga qadar 56,2 ming gektardagi 27 ta yong‘in o‘chirilgan va olovga qarshi kurashga 2,1 mingdan ortiq odam hamda 290 ta texnika jalb etilgan. Shuningdek, Yoqutistonda azot dioksidining konsentratsiyasi 6,5 barobarga oshgani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Yakutsk shahri mamlakatning eng xavfli hududlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda 1 iyuldan boshlab aholining o‘rmonlarga borishi qat’iyan taqiqlangan. Shaharning yong‘in bilan qoplangan maydoni 1,5 million gektardan ortiq bo‘lib, faol yonish maydoni 2,2 ming gektarni tashkil qilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida Yoqutiston avtonom Respublikasining 8 tumanida o‘rmon yong‘inlar qariyb 1,5 million gektar maydonni yo‘q qilgan. Mintaqadagi o‘rmon yong‘inlari tutuni Saxalin va Magadanga ham yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning Kaliforniya shtatida uzoq davom etgan issiqlik to‘lqinlari va haligacha davom etayotgan qurg‘oqchilik fonida keng miqyosli o‘rmon yong‘inlari boshlangan. Amerika Milliy bog‘ida joylashgan o‘lim vodiysidagi harorat 54 darajaga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing