Rossiyada taqiqlanayotgan Twitter Roskomnadzorga javob qaytardi

Olam

image

Twitter Internetdagi ommaviy aloqani blokirovka qilish va cheklashga urinishlar ko‘payib borayotganidan qattiq xavotirda. Xizmat Roskomnadzorning Twitter ishini sekinlashtirish haqidagi qaroriga shunday munosabat bildirdi.

“Biz bilamizki, Twitter Rossiyada kontentni o‘chirishga oid xavotir tufayli ataylab sekinlashtirilmoqda”, deyiladi Amerika kompaniyasi bayonotida.

Roskomnadzor kecha, 10 mart kuni ertalab o‘z qarorini e’lon qildi va ijtimoiy tarmoqni 2017 yildan beri noqonuniy kontentlarni olib tashlamaganlikda aybladi.

“The Wall Street Journal” kompaniya bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilishda chidamlilik siyosati borligini, o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qilish xizmat qoidalariga zid ekani hamda platformadan giyohvand moddalarni sotib olish va sotish uchun foydalanish taqiqlanganini aytib chiqdi.

Ma’lumot uchun, birinchi bosqichda Rossiyadagi kompyuterlarning yarmidan va barcha mobil qurilmalardan xizmatga kirish sekinlashadi. Ular foydalanadigan mexanizm matnli xabarlarni uzatishni cheklamasdan, foto va video tarkibni uzatishni sekinlashtirishni o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing