Rossiyada tadbirkor o‘zbekistonlik ishchilarning o‘limida ayblanmoqda

Jamiyat

image

Rossiyaning Xanti-Mansiy avtonom okrugida (XMAO) o‘zbekistonlik va tojikistonlik ishchilarning o‘limida ayblangan 42 yoshli tadbirkor sudlanmoqda. Bu haqda XMAO prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil noyabr oyida tadbirkorga qarashli parrandachilik fermasida Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan uch ishchi yong‘in oqibatida vafot etgan. Tadbirkor erkak Rossiya federatsiyasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 3-qismi “Yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi oqibatda ikki yoki undan ko‘p kishining o‘limiga sabab bo‘lish” bilan ayblanmoqda. Xabarga ko‘ra, ayblanuvchi 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. 

Jinoiy tekshiruv hujjatida qayd etilishicha, tadbirkor ishchilarini yashash joyi bilan ta’minlash uchun o‘z uchastkasidagi ikkita turar-joy binosini jihozlagan. Ammo u elektr pechini ulashda xavfsizlik qoidalarini buzgan. Bundan tashqari, binolar favqulodda chiqish joylari, odamlarni yong‘in haqida ogohlantirish hamda yong‘inni o‘chirish vositalari bilan jihozlanmagan.

“Oqibatda 2020 yilning 21 noyabr kuni taxminan soat 01:00 da elektr tarmog‘ida favqulodda yong‘in chiqqan. Xonada bo‘lgan 1961, 1996 va 1997 yillarda tug‘ilgan uch ishchi yong‘in isidan zaharlanib vafot etgan”, deyiladi tergov surishtiruv hujjitida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing