Rossiyada so‘nggi 7 oy ichida rekord miqdorda “davlatga xiyonat” ishi ochildi

Olam

image

Bu yil Rossiyada “davlatga xiyonat” bo‘yicha jinoiy ishlar o‘tgan 20 yilga nisbatan ko‘proq qo‘zg‘atildi. Bu haqda so‘nggi yetti oydagi statistik ma’lumotlarini o‘rganib chiqib, “Xolod” nashri xabar berdi.

Aytilishicha, joriy yilning dastlabki yetti oyida Rossiyada kamida 82 ta “davlatga xiyonat” ishi qo‘zg‘atilgan. Bunday holatlarning haqiqiy soni ancha ko‘p bo‘lishi mumkin, Federal xavfsizlik xizmati ularning barchasi haqida jamoatchilikka ma’lumot  bermaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1997 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davrda Rossiyada 101 ta davlatga xiyonat bo‘yicha hukm chiqarilgan. Bu o‘sha paytda yiliga o‘rtacha beshta ish qo‘zg‘atilganini anglatadi. Avvalgi rekord esa 2022 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda 20 ta davlatga xiyonat ishi qo‘zg‘atilgan.

Advokat Yevgeniy Smirnovning aytishicha, 2023 yil oxiriga kelib, bunday holatlar soni 250 ga yetishi mumkin. Bu rekord ko‘rsatkich Stalin qatag‘onlaridan keyingi Sovet davridagidan ham yuqori sanaladi.

FXX ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘pincha fuqarolar Rossiya bilan munosabatlari buzilgan davlatlar manfaatiga "josuslik qilgan". 1990-2010 yillarda Gruziya "josuslik" ishlari bo‘yicha "chempion" bo‘lgan bo‘lsa, hozir 59 ta jinoiy ish bilan Ukraina bu borada yetakchilik qilmoqda.

“Ilgari 90 foiz Moskvada, qolgan 10 foiz ishlar Krasnodar, Sankt-Peterburg va ba’zan Xabarovskda kuzatilgan. Keng ko‘lamli bosqindan so‘ng, boshqa hududlarda ham xiyonat va josuslik holatlari ko‘proq paydo bo‘la boshladi”, deydi advokat Yevgeniy Smirnov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing