Rossiyada saylov natijalariga qarshi namoyish o‘tkazildi 

Olam

image

Rossiya Davlat dumasiga bo‘lib o‘tgan saylov natijalaridan norozi aholi vakillari Yekaterinburg, Novosibirsk, Saratovda miting o‘tkazdi. Shularning ichida Yekateringburgdagi namoyish kelishilgan holda o‘tkazilgan. Bu haqda “Znak” nashri xabar berdi

Qayd etilishicha, Yekaterinburgda Davlat dumasiga o‘tkazilgan saylov natijalariga qarshi ommaviy mitingda 200 ga yaqin kishi qatnashgan. Ularning asosiy qismi Kommunistik partiyaning Sverdlovsk bo‘limi a’zolari va tarafdorlari, shuningdek namoyishda “Yabloko” partiyasi, “Chap front” harakati, ro‘yxatdan o‘tmagan “Eduard Limonovning boshqa Rossiya” partiyasi va “Anarxistlar federatsiyasi” vakillari ham qatnashgan.

 

Mitingning asosiy spikeri Kommunistik partiyaning Sverdlovsk bo‘limi rahbari Aleksandr Ivachev bo‘lib, u Sverdlovsk viloyati Qonunchilik majlisi saylovlarida g‘alaba qozongan. 

“Bu ikki yil ichidagi birinchi kelishilgan voqea. Men saylovlarda “Yagona Rossiya”ga qarshi kurashganlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu yerda “Chap front”, komsomol, “Yabloko” vakillari qatnashmoqdalar. Biz hukmron partiyaga qarshi kurashgan barchani tabriklaymiz. Hozir rasmiylar nima qilishmasin, baribir ular bu saylovda yutqazishdi. Va biz g‘alaba qozondik”, degan Ivachev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kommunistik partiya Moskvadagi elektron ovoz berish natijalarini bekor qilishni talab qiladi, shuningdek saylovlarda uch kunlik ovoz berish soxtalashtirishga sabab bo‘lgan, deb hisoblaydi. 

“Biz bu ovoz berish qanday o‘tkazilganini ko‘rdik. Birinchi kuni “byujetniklarni” (davlatdan oylik olib ishlaydigan xodimlarni) saylovga ommaviy haydashdi. Rasmiylar epidemiologik vaziyatga tupurishgan. Bizda ovoz berish ishtirokchilaridan ko‘ra uy ishchilari ko‘p bo‘lgan saylov uchastkalari bor. Bu butun hududga tarqaldi. Ovozlarni soxtalashtirish uchun uch kunlik keng ko‘lamli jarayon berildi”, degan bo‘lim boshlig‘i. 

Piketda so‘zga chiqqanlardan biri Kommunistik partiyaning yuridik xizmati saylov soxtalashtirilgani bo‘yicha, hatto, Bosh prokuraturaga qadar turli organlarga murojaat tayyorlayotganini aytib o‘tgan. 

Xabarga ko‘ra, piket taxminan bir soat davom etgan. Kommunistlar va milliy bolsheviklar tomonidan “Miting tugadi – kurash davom etadi”, “Xalq birlashganda, yengilmas”, “Saylov – bu uydirma” kabi shiorlar baland ovozda aytilgan. 

Ma’lum qilinishicha, politsiya xodimlari va Sverdlovsk viloyati Jamoat xavfsizligi vazirligi vakillari namoyish vaqtida voqea joyida bo‘lishgan, biroq ular harakatga aralashmagan. Piket boshida ular “Boshqa Rossiya” vakillaridan plakatlarni yig‘ish va gazetalarni olib tashlashni so‘rashdi, lekin milliy bolsheviklar buni qilishdan bosh tortdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-19 sentyabr kunlari Rossiyada Davlat dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Unda 14 ta partiyadan jami 2011 nafar kandidat qatnashdi. Ushbu siyosiy jarayonda saylash vakolatiga ega bo‘lgan aholining 51,7 foizi qatnashgan. Saylov natijasiga ko‘ra, “Yagona Rossiya” partiyasi 49,8 foiz ovoz bilan yetakchilikni qo‘lga kiritgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing