Rossiyada migrantlar soni ma’lum qilindi. O‘zbekistonliklar birinchilikda
Olam
−
17 avgust 2019
101012019 yildan boshlab Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining chegara xizmati mamlakatga ishlash uchun kelgan chet el fuqarolari sonini hisobga olishni boshladi, deya xabar bermoqda ASIA-Plus.
2018 yilning noyabr oyida, Rosstat deyarli 20 yil ichida birinchi marta Rossiyaga kelgan chet el fuqarolari sonini kuzatib borish to‘g‘risidagi buyruqni imzolagandi.
2019 yilning birinchi yarim yilligi davomida 2,4 million xorijlik Rossiyaga ishlash uchun kelgan.
Shu yilning yanvar-iyun oylarida Rossiyaga 15 milliondan ortiq chet elliklar tashrifning barcha maqsadlarini (ish, turizm, o‘qish, tranzit sayohat, doimiy yashash joyiga ko‘chib o‘tish, xususiy, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar) hisobga olgan holda kelgan.
Rossiyaga ishlash uchun kelgan chet el fuqarolarining aksariyati MDH mamlakatlaridan.
2019 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash uchun 918 ming kishi kelgan. Tojikiston - 523,9 ming kishi, Qirg‘iziston - 265 ming kishi, Ukraina - 164,6 ming kishi va Qozog‘iston - 105,3 ming kishi. Mehnat maqsadida chet eldan kelganlar soni ancha kam. Yanvar-iyun oylarida Xitoydan 50,2 ming kishi kelgan, undan keyin Germaniya (10,8 ming) va Turkiya (10,2 ming).
Bundan tashqari, shu yilning birinchi yarmida 3,7 ming AQSH fuqarosi, shuningdek, Rossiyaga ishlash uchun 4,3 ming Britaniya fuqarosi kelgan.
LiveBarchasi