Rossiyada migrantlar ommaviy mushtlashdi. Ular orasida o‘zbeklar ham bo‘lganmi?
Olam
−
09 fevral
12777Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi mehnat migrantlari mushtlashgani va ular orasida o‘zbeklar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘z munosabatini bildirdi.
Qayd etilishicha, mehnat migrantlari ishtirokidagi ommaviy mushtlashuv 2024 yil 8 fevral kuni Rossiyaning Moskva viloyatida sodir bo‘lgan. Janjal "Wildberries" omborxonasida bir guruh ishchi va qo‘riqchilar o‘rtasida yuz bergan. Mahalliy politsiya xodimlari taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etmagan.
Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi turar-joy majmuasi qurilish maydonida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgandi.
Otaboyeva Madina
LiveBarchasi