Rossiyada migrantlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi. O‘zbekistonlik yigit boshidan o‘q yedi

Olam

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri janubidagi Tallin shossesida turli mamlakatlardan kelgan to‘rt nafar mehnat migrantlari o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Unda O‘zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgan. Voqea aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

O‘zaro janjal jarayonida o‘qotar qurol ham ishlatilgan bo‘lib, oqibatda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 27 yoshli ishsiz muhojirning boshiga o‘q tegib, yaralangan. Shundan so‘ng, 1994 yilda tug‘ilgan D.A. jarohat bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan va hozirda uning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ham mazkur holatga munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, janjalga bir nechta erkak kishi o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan hamda ayni paytda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, rus nashrlari jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, uch nafar muhojir qo‘lga olingani haqida yozmoqda. Xabarlarga ko‘ra, hibsga olinganlar Turkmaniston, Armaniston va O‘zbekiston furolaridir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

985

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing