Rossiyada koronavirusning “Moskva” shtammi paydo bo‘lishi mumkin

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskvada yangi o‘ziga xos koronavirus shtammi tarqalayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda bugun, 12 iyun kuni Gamalei nomidagi Markaz direktorining o‘rinbosari Denis Logunov “Rossiya kuni” munosabati bilan Kremlda bo‘lib o‘tgan mukofotni topshirish marosimida ma’lum qildi.

“Hozir Moskvadagi [vaziyatni] kuzatmoqdamiz, eng asosiysi, Moskvaning o‘z shtammlari bo‘lishi mumkin”, deydi Logunov.

Bunga javoban Rossiya Prezidenti Vladimir Putin: “Ha, bo‘lishi mumkin. O‘zi kechagina shu haqda gapirgandik”, deydi.

Logunov, o‘z navbatida, barcha koronavirus turlari ham xavfli emasligini ta’kidlagan.

“Shu bilan birga barcha o‘zgarishlarni kuzatib borish kerak, virusga qaraganda oldinda bo‘lish va aniqlash kerak. Agar kerak bo‘lsa, moslashish, xuddi shamollash bilan bo‘lgani kabi vaksinaning yangi variantlarini yaratish lozim”, deydi mutaxassis.

Estalib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasini keltirib chiqargan SARS-CoV-2 virusining dunyo bo‘ylab 10 dan ortiq shtammlari aniqlangan. Ulardan “britancha”, “hindcha”, “afrikacha” turlari yaqinda paydo bo‘lgan. 

Ma’lumot o‘rnida, pandemiya boshlganidan beri Rossiyada 5 million 200 mingga yaqin inson ushbu virusni yuqtirib olgan. Ulardan 126 mingdan ortig‘i vafot etgan, 4 million 700 mingdan ziyodi sog‘aygan.

Qayd etish kerakki, Rossiya koronavirusga qarshi o‘z vaksinasiga ega bo‘lgan kam sonli davlatlardan biridir. Ushbu mamlakatda “Sputnik V”, “EpiVakKorona” va “Vektor” nomli vaksinalar ishlab chiqarilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing