Rossiyada koronavirus sabab yangi cheklov choralari joriy etilmaydi

Olam

image

Rossiyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ko‘payishi kuz-qish mavsumining boshlangani bilan bog‘liq. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ma’lum qilmoqda.

"Sentyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida jiddiy raqamlarni ko‘rishimiz mumkinligi haqida oldindan aytib kelayotgan edik. Hozirgi vaziyatda tushunarsiz, noma’lum narsaning o‘zi yo‘q", dedi u Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining direktori Xans Klyuge bilan uchrashuvdan so‘ng.

Popovaning ta’kidlashicha, vaziyat barqaror, shuning uchun yangi cheklov choralarini joriy etishning hojati yo‘q.

Rospotrebnadzor rahbari fuqarolar sog‘liqni saqlash va virus tarqalishining oldini olishga yordam beradigan oddiy qoidalar haqida unutmasliklarini ta’kidladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan zararlanganlar 1 million 109 ming 595 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing