Rossiyada koronavirus avj olsa, O‘zbekiston fuqarolarni yana ortga qaytara oladimi?

Jamiyat

image

Agar Rossiyada pandemiya avj olib, karantin choralari kuchaytirilsa, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Vatanga qaytara oladi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va boshqa ma’sul muassasalar bu borada kerakli tajriba orttirgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ uyushtirgan “Corona marafoni” mehmoni – Tashqi ishlar vazirligi konsulllik huquqiy departamenti boshqarmasi boshlig‘i Burhon Aliqulov aytib o‘tdi.

“Bu yo‘nalishda biz o‘zimizga kerakli tajribalarni orttirdik. Bu borada [Rossiya tomoni bilan] aloqalarimiz mavjud. Tashqi ishlar vazirligi, allaqachon, yetarli ko‘nikmalarga ega. Nafaqat TIV, balki boshqa muassasalarimiz ham qanaqa ish olib borilishini tushunib yetdi”, deydi u.

Konsullik-huquqiy departamenti boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, charter reyslarini shakllantirishdagi poraxo‘rlikka yo‘l qo‘yish holatlariga ham to‘xtalib o‘tdi.

“TIV hamda xorijdagi elchixona va konsullik muassasalarimiz charter reyslarga chiptalarni sotish masalasida hech qachon ishtirok etmagan. Charter reys bu – tijoriy tadbir. Aviachiptalar nuqtai nazaridan bu O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyasining ma’suliyatidagi masala”, deydi Burhon Alikulov.

Ma’sulning so‘zlariga ko‘ra, TIV hamda konsullik va elchixonalar charter reyslariga ro‘yxat shakllantirishda bevosita ishtirok etgan, aniqrog‘i korrupsion sxemalarga yo‘l bermaslik uchun ilova ishlab chiqilgan va bundan elektron navbat shakllantirishda foydalanilgan. 

“Bunday tizimda kimningdir ro‘yxatdagi navbatini oldinga yoki orqaga surish imkonsiz”, deydi Burhon Alikulov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing