Rossiyada xotiniga soxta hujjat tayyorlagan o‘zbekistonlik qamaldi

Olam

image

Rossiyaning Siktivkar shahrida o‘zbekistonlik erkak xotinining Rossiyada noqonuniy qolishini tashkil qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Komiinform” xabar berdi.

Sud materiallariga ko‘ra, erkak o‘tgan yilning 6 sentyabridan 26 dekabrigacha, ya’ni Rossiya hududida bo‘lgan vaqtida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan xotinining mamlakatda noqonuniy qolishini boshqa shaxslar bilan til biriktirgan holda tashkil qilgan. U ayolning Rossiyada qonuniy bo‘lib turgandek ko‘rsatish uchun soxta mehnat patentlari va boshqa rasmiy hujjatlarni sotib olgan.

Ushbu qalbaki hujjatlarni migratsiya xizmati xodimlariga taqdim qilgan, biroq mutaxassislar soxtalik alomatlarini aniqlagan. Oqibatda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ayblanuvchining xotini deportatsiya qilingan.

Sud jarayonida erkak o‘ziga qo‘yilgan ayblovni to‘liq tan olgan. Bugun, 26 sentyabr kuni chiqarilgan hukmga ko‘ra, erkak qalbaki hujjatlarni sotib olish va saqlash, shuningdek, guruh bo‘lib til biriktirgan holda soxta hujjatlar va internetdan foydalanib noqonuniy migratsiyani tashkil etishda aybli deb topilgan.

Unga 1 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingandi. Hibsga olinganlarning yoshi 22 dan 40 yoshgacha bo‘lib, ular Grecheskiy turarjoy hududida yuz bergan ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya erkak soxta hujjat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing