Rossiyada xorijiy “shpion”ga chiqqan muxolif siyosatchi qidiruvga berildi

Olam

image

Rossiyalik muxolif siyosatchi, “O‘ng kuchlar ittifoqi” Butunrossiya ijtimoiy harakatining hamraisi Leonid Gozman qidiruvga berildi. Bugun, 25 iyul kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligining ma’lmuotlar bazasida uning nomi paydo bo‘lgan.

“1950 yil 13 iyulda tug‘ilgan Gozman Leonid Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgan”, deyiladi vazirlik ma’lumotlar bazasida.

15 iyul kuni Gozman xorijiy davlat fuqaroligi to‘g‘risida xabar bermagani uchun RF jinoyat kodeksining 330.2-moddasi (Rossiya Federatsiyasining xorijiy davlat fuqaroligi to‘g‘risida xabarnoma topshirish majburiyatini bajarmaslik) bilan ochilgan jinoyat ishi gumonlanuvchisiga aylangandi. U Tergov qo‘mitasida gumonlanuvchi sifatida so‘roq qilingan va keyin qo‘yib yuborilgan.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat ishi Gozman xabarnoma topshirish muddatini o‘tkazib yuborgani uchun qo‘zg‘atilgan. U xorijiy fuqaroligi haqidagi xabarnomani belgilangan muddatdan bir yil kechikib, 2019 yilda topshirgan. Gozmanga nisbatan ehtiyot chorasi tanlanmagan. Agar Gozman aybdor deb topilsa, u 200 ming rublgacha jarimaga tortilishi yoki 400 soatgacha majburiy mehnat qilishi mumkin.

May oyi boshida Adliya vazirligi Leonid Gozman va bir qator boshqa shaxslarni xorijiy OAV agentlari reyestriga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Leonid Gozman

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar