Rossiyada kambag‘allar soni keskin oshdi
Olam
−
15 iyun 2022
80612022 yilning birinchi choragida kambag‘allik chegarasidan past daromad olgan rossiyaliklar soni 20,9 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Federal davlat statistika xizmati hisobotida aytilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yil oxiriga nisbatan deyarli 69 foizga ko‘pdir. O‘shanda Rosstat 12,4 million kishi qashshoqlik chegarasidan pastda yashashini e’lon qilgan. 2020 yil holatiga ko‘ra, Rossiya aholisi 144,1 million kishini tashkil etadi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qashshoqlik chegarasi joriy yilning dastlabki uch oyida 2021 yilning oxirgi choragidagi 12 269 rublga nisbatan 12 916 rublni tashkil etgan. Rossiya aholisining 14,3 foizi ushbu belgidan past daromadga ega edi.
Rosstatning ta’kidlashicha, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan Rossiyada kambag‘allar soni atigi 0,1 foizga, ya’ni 0,1 million kishiga oshgan. Rosstat hisobotida aytilishicha, qashshoqlik darajasi oshishining asosiy sababi inflyatsiyaning 11,54 foizgacha tezlashishi bo‘lib, bu aholi jon boshiga o‘rtacha nominal pul daromadlarining o‘sishidan oshib ketgan. Birinchi chorakda bu ko‘rsatkich 36 234 rublni tashkil etgan, bu 2021 yilning birinchi uch oyiga nisbatan 10,9 foizga ko‘p, lekin o‘tgan chorak darajasidan sezilarli darajada past – 47 694 rubl. Shunday qilib, pasayish 24 foizni tashkil etgan.
Federal Davlat statistika xizmatiga ko‘ra, 2021 yilning so‘nggi choragida nominal hisoblangan ish haqi 62 828 rublni tashkil etgan va joriy yilning birinchi uch oyida u 4 foizdan ko‘proqqa kamayib, 60 101 rublni tashkil qildi.
LiveBarchasi