Rossiyada qotillikda gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi aybini tan oldi

3-sahifa

image

Moskva janubi-g‘arbidagi Sevastopol prospektida 29 yoshli ayolni o‘ldirganlikda gumon qilingan o‘zbekistonlik erkak o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi.

"Surishtiruv chog‘ida gumonlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi va jinoyatni qanday sodir etganini batafsil aytib berdi. Yaqin kunlarda unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik aybi qo‘yiladi va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq ehtiyot chorasi tanlanadi”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Shuningdek, gumonlanuvchiga Moskvani tark etishga yordam bergan yana bir kishi qo‘lga olingan.

Ma’lumot uchun, jinoyatni sodir etgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi Shohruhbek Karimov bo‘lib, Tambov viloyatida qo‘lga olingan. Huquq-tartibot xodimlari undan jinoyatni sodir etgan yig‘ma pichoqni topgan. U 2018 yilda O‘zbekistondan borgan va oxirgi vaqtlarda Moskvada ruxsatnomasiz yashagan. U o‘ldirilgan ayol bilan bir do‘konda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 18 noyabr kuni Rossiyaning Tambov viloyatida politsiya xodimlari Moskva janubi-g‘arbidagi Sevastopol xiyobonida 29 yoshli qizni o‘ldirishda gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi deb taxmin qilingan shaxsni qo‘lga olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

551

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing