Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan 7 nafar o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

Jamiyat

image

Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, samarqandlik L.K. va xorazmlik J.A. uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan ishsiz, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz moliyaviy qiyin ahvolda qolgan.

Bundan tashqari, andijonlik X.A. ishlash maqsadida joriy yilning may oyida Rossiyaga borgan. Biroq salomatligi yomonlashgani sababli ishlay olmagan.

Shuningdek, samarqandlik A.A. Moskva shahrida baxtsiz hodisa tufayli avtohalokatga uchragan. Ushbu fuqaroga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan davolanishga yordam berilib, vaqtinchalik yashash uchun xostelga joylashtirilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur fuqarolarga O‘zbekistonning Rossiyadagi konsullik idoralari tomonidan “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirib berilgan. 31 may kuni Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda Moskva – Toshkent, Sankt-Peterburg – Toshkent aviareyslari orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada portlashdan jabr ko‘rgan andijonlik ona va bolaga yordam ko‘rsatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing