Rossiyada qishloq ayollar uchun ish vaqti qisqartiriladi
Olam
−
25 Oktabr 2019
4496Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputatlari Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarni uchinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda Politekspert xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Federatsiyasining qishloqlarida istiqomat qiluvchi ayollar haftasiga 36 soatdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ishlaydi. Qonun loyihasini Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin boshchiligidagi bir guruh deputatlar tayyorlagan. Endi hujjat Federatsiya Kengashiga tasdiqlash uchun yuboriladi.
Qonun loyihasiga ko‘ra shungingdek, qishloq joylarda yashovchi ayollarga ish haqini to‘liq ushlab turish bilan birga ish haftasini qisqartirish ta’minlanishi kerak. Ish kunini qismlarga ajratishda ish haqining ko‘payishi ta’minlanadi.
Mazkur qonun Rossiya Federatsiyasining 13 million fuqarosini qamrab oladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ayollar uchun ish haftasi normasi 40 soatni tashkil etadi.
LiveBarchasi