Rossiyada qachondan internet bepul bo‘lishi ma’lum qilindi
Olam
−
21 yanvar 2020
6753Rossiya Aloqa vazirligi 2020 yil 1 martdan boshlab davlat xizmatlari portali va butun federal va mintaqaviy hokimiyatlarning saytlariga Internetdan foydalanish bepul bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.
Bu Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida taklif etilgan choralardan biri hisoblanadi.
Vazirlik matbuot kotibi Yevgeniy Novikovning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchilar ushbu saytlarga kirishsa, operatorlar ularning trafigidan to‘lov undirishni to‘xtatishadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu saytlarga nol balansda ham kirish mumkin.
Avvalroq, Vladimir Putin Federal Majlisga yo‘llagan murojaatida rossiyaliklar ijtimoiy ahamiyatga ega internet resurslarga bepul kira olishlarini ta’minlashni taklif qilgan edi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, internetga kirish mamlakatning raqobatdosh ustunligiga aylanishi kerak.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi