Rossiyada ikki o‘zbekistonlik o‘z vatandoshini “kiydirib ketdi”
Olam
−
24 aprel 14142 1 daqiqa
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ikki o‘zbekistonlik politsiyachilar niqobi ostida oddiy kurer bo‘lib ishlagan boshqa bir o‘zbekistonlikdan 100 ming rubl (15 mln so‘mdan ortiq) pulni tovlamachilik yo‘li bilan aldab olgan. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Kurer politsiyaga murojaat qilib, tovlamachilikdan jabr ko‘rganini ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 11 aprel kuni kechqurun ikki notanish kishi uning oldiga kelib, o‘zlarini politsiya xodimlari deb tanishtirib, giyohvand moddalarni saqlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qila boshlagan. Ishonchli bo‘lishi uchun jinoyatchilar to‘pponchani namoyish qilgan va yigit ularga pul berishga rozi bo‘lgan.
Bildirilishicha, gumonlanuvchilar allaqachon qo‘lga olingan. Ularga nisbatan bosqinchilik bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan IX Mehnat forumida Rossiyada 2024 yil yakuniga ko‘ra, 6,3 million nafar chet ellik fuqarolar yashayotgani, ulardan 1,4 million nafari o‘zbekistonliklar ekanini ma’lum qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr