Rossiyada ikki shifokor o‘zbekistonlik ayolning chaqalog‘ini o‘ldirishda aybdor deb topildi

Olam

image

Rossiyaning Kaliningrad shahrida ikki nafar shifokor o‘zbekistonlik ayolning chaqalog‘ini o‘ldirishda aybdor deb topildi. Bu haqda Moskva viloyat sudiga tayanib, “Interfaks” xabar bergan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 avgust kuni sud hay’ati yangi tug‘ilgan chaqaloqni o‘ldirishda ayblangan kaliningradlik shifokorlar Yelena Belaya va Elina Sushkevichga nisbatan ayblov hukmini chiqargan. Ular rahm-shafqatga loyiq emas deb hisoblangan.

Hukmning oqibatlari 30 avgust kuni sudda muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

“Shifokorlar ishi” bo‘yicha sud jarayonlari bir necha yil davom etyapti. Avvalroq Kaliningraddagi hakamlar hay’ati qotillikni uyushtirganlikda ayblanayotgan shahar bosh shifokori Belayani va  4-sonli shahar tug‘uruqxonasi anesteziolog-reanimatologi Sushkevichni oqlagan edi.

Aytish joizki, 2018 yilning noyabr oyida 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol tug‘uruqxonada o‘g‘il farzandini muddatiga yetmay dunyoga keltirgan. 

Tergovchilarga ko‘ra, bosh shifokor Belaya statistik ma’lumotlarning yomonlashishi va uning kelgusida bosh shifokor etib tayinlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishining oldini olish uchun undan xalos bo‘lishga qaror qilgan va tibbiyot xodimlariga "bolaning omon qolmasligi uchun barcha choralarni ko‘rishni" topshirgan. Aytilishicha, u Sushkevichni ko‘ndirgan va u chaqaloqqa o‘ldiradigan magniy sulfat dozasini yuborgan. 

2018 yilning noyabrida Yelena Belaya mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblangan. 2019 yil iyun oyida Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Belaya va Sushkevichga nisbatan qotillik bo‘yicha ish ochgan.

Belaya va Sushkevich o‘z ayblarini tan olmagan Ular Leonid Roshal va Kaliningrad tibbiyot palatasi kabi ko‘plab shifokorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Sushkevichning o‘zi, u bolaga magneziya kiritmaganini, aksincha, uni qutqarishga harakat qilganini, uning o‘limini tezlashtirishga hech qanday sabab yo‘qligini va u o‘ta og‘ir ahvoli tufayli o‘zi vafot etganini aytgan.

2020 yilda Kaliningrad sudi sudyalari hukmi asosida ayollar oqlangan. Ammo prokuratura hukm ustidan shikoyat qilgan, natijada apellyatsiya instansiyasi uni bekor qilib, ishni yangi sud muhokamasiga yuborgan, shifokorlar esa tergov izolyatoriga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

669

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing