Rossiyada ikki migrant pensionerni o‘ldirish va zo‘rlashda ayblanmoqda

Olam

image

Rossiyada tergovchilar ikki muhojirni Sergiyev Posad shahri yaqinida pensionerni o‘ldirish va zo‘rlashda ayblamoqda. Bu haqda TASS Moskva viloyati Tergov qo‘mitasiga tayanib xabar berdi

“Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi qo‘shni davlatlarning ikki fuqarosiga ayblov qo‘ydi. Ular pensionerni zo‘rlashda va o‘ldirishda ayblanmoqda”, deyiladi xabarda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 13 sentyabr kuni “Magistral-2” bog‘dorchilik shirkatidan 160 metr naridagi o‘rmonda 67 yoshli pensionerning jasadi topilgan. Qotillik yuzasidan 1988 va 1984 yilda tug‘ilgan ikki migrant hibs olingan. Ulardan biri Rossiyaga qo‘shni bo‘lgan davlat hududida qo‘lga olingan. Biroq hozircha hibsga olinganlarning fuqaroligi to‘g‘risida axborot berilmayapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

574

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing