Rossiyada fonarlar orqali Navalniyni qo‘llab-quvvatlovchi fleshmob o‘tkazildi

Jamiyat

image

Rossiyaning boshqa shaharlarida bo‘lgani kabi Moskvada ham muxolifat lideri Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun fleshmoblar bo‘lib o‘tdi. Odamlar kechqurun hovlilarga chiqib, uyali telefonlariga fonarlarni yoqdi. Aksiyalar “Sevgi qo‘rquvdan kuchli” degan umumiy nom ostida o‘tkazildi.

Fleshmoblar haqida avval Navalniyning viloyat shtabi rahbari Leonid Volkov xabar bergan edi. 

“Siz telefonlaringiz fonarini ko‘tarasiz, sherigingiz esa sham olib keladi va ularni aytaylik, yurakka aylantirasiz. Ushbu manzarani kvartiraning yuqorisidan rasm oling va Instagram’ga joylashtiring”, deya taklif qilgandi u.

Natijada, aksiyada Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnodar, Novosibirsk, Omsk, Yekaterinburg va boshqa shaharlarning ayrim aholisi qatnashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing