Rossiyada FMS xodimi o‘zbekistonlik erkakni kaltakladi (video)

Jamiyat

image

Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahrida migratsiya xodimlari O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi. O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi hamda Tashqi migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan Rossiyaning vakolatli idoralariga tegishli so‘rovnomalar yuborildi.

Xabar berilishicha, o‘zbekistonlik erkakka nisbatan yomon munosabatda bo‘lingan kadrlar 2 may kuni e’lon qilingan. Videodan ma’lum bo‘lishicha, FMS xodimlari o‘zbekistonlik erkakdan avtomobil hujjatlarini ko‘rsatishni talab qilgan. Ammo erkak buning uchun pasport yetarli ekanini tushuntirib, hujjatlarni taqdim etishni xohlamagan.

Shundan so‘ng, u xonaga olib ketilgan va xizmatning boshqa mijozlari oldida kaltaklangan. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, kaltaklanganidan so‘ng u darhol politsiyaga murojaat qilib, huquqbuzarlarga qarshi ariza yozgan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Tergov qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi ushbu voqea bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

441

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing