Rossiyada eriga achchiq qilgan mast ayol 1,5 yashar qizini kaltakladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyada mast holatida bir yarim yashar qizini kaltaklagan 31 yoshli qozonlik ayolga jinoyat ishi ochildi. Ushbu holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Tatariston bo‘yicha tergov boshqarmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tergovchilar video joriy yilning 1 dekabrida yozib olinganini aniqlagan. Xonadonda 31 yoshli ayol mast holda 2020 yilda tug‘ilgan qizini qattiq kaltaklagan va hammasini kameraga tasvirga olgan. 

Qayd etilishicha, bola onasidan olib qo‘yilgan va ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun tergov harakatlari olib borilmoqda.

Respublika Ichki ishlar vazirligi saytida ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgan. Unga yashash joyini tark etmaslik to‘g‘risida tilxat olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolgan.

"U 1 dekabr kuni turmush o‘rtog‘iga azob berish maqsadida bir yarim yoshli qizini kaltaklaganini videoga olgan. Keyin esa videoni eriga yuborgan. Turmush o‘rtog‘i voqea haqida onasiga xabar bergan va onasi esa politsiyaga", deyiladi xabarda.

Hozirda jarohat olgan qiz tibbiy muassasada ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

764

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing