Rossiyada dollar kursi keskin oshib ketdi

Olam

image

Rossiyada dollarni keskin oshishi davom etmoqda. 2016 yilning mart oyidan buyon dollar kursi birinchi marta 74 rubl chizig‘ini kesib o‘tdi. Buni Moskva birja ma’lumotlari tasdiqlab turibdi. 

Savdolar boshidan AQSH valyutasi 0,87 rublga ko‘tarilib, 73,82 rublni tashkil qildi. Yevro esa 1,14 rublga oshdi va 83,29 rublni tashkil qildi.

Kuni kecha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasi e’lon qilinganidan keyin rubl to‘rt yillik salbiy ko‘rsatkichini yangiladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 114 ta mamlakatda umumiy infeksiyalangan soni 126 510 kishini tashkil etgan, 4637 kishi vafot etgan.

Shuningdek, OPEK + bitimi qulaganidan keyin neft narxining pasayishi valyuta bozoriga ta’sir qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

valyutalar kursi OPEK

Baholaganlar

325

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing