Rossiyada cho‘chqa grippi keskin tarqalyapti. O‘zbekiston SSV ogohlantirish bilan chiqdi

Olam

image

Rossiyaning 55 ta ma’muriy hududida cho‘chqa grippi qayd etilgan. Bu haqda mamlakat Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federal xizmati xabar berdi.

“Aniqlangan gripp viruslari orasida Rossiyaning 55 hududida cho‘chqa grippi deb ataladigan A(H1N1)-2009 shtammi ustunlik qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI) bilan kasallanish o‘tgan haftaga nisbatan 18,5 foizga oshgani qayd etilgan. Mutaxassislar o‘z vaqtida emlanish infeksiyadan himoyalanishga yordam berishini ta’kidladilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ham Rossiyada cho‘chqa grippi keng tarqalayotganini ma’lum qilib, fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga chaqirgan va kasallikning belgilarini keltirib o‘tgan.

Mutaxassislarning qayd etishicha, bu kasallikni an’anaviy gripp turlaridan alomatlari orqali farqlash qiyin. Chunki yuqori tana harorati, tomoq, bosh va mushaklardagi og‘riqlar, yo‘tal, holsizlik, bezovtalik kabi simptomlar har ikkisiga ham xos. Shu bois aniq tashxis qo‘yish uchun maxsus PZR testlari talab etiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, 2009 yilda jahon bo‘yicha ommaviy cho‘chqa grippi epidemiyasi kuzatilgan edi. O‘shanda bir yil davomida 60,8 million nafarga yaqin odam ushbu xastalik bilan kasallangan. Achinarlisi, bemorlardan 12,4 ming nafari infeksiya oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing