Rossiyada balandlikdan yiqilib, vafot etgan yigitning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi
Olam
−
25 iyun 2021
9248Joriy yilning 25 iyun kuni Rossiyada ishlash jarayonida balandlikdan yiqilib, halok bo‘lgan 22 yoshli yigitning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi va kompensatsiya pullari to‘liq undirildi . Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi xabar bermoqda.
Ayni paytda, hodisa yuzasidan Rossiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari jinoyat ishi ochgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyun kuni marhum Vsevoloj shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingani va balandlikdan yiqilishda olinadigan og‘ir tan jarohatlari tufayli 21 iyun kuni reanimatsiya bo‘limida vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak Vsevoloj tumanida joylashgan qurilish korxonasidagi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagani sabab balandlikdan yiqilib tushgan va oradan 4 kun o‘tib shifoxonada vafot etgan.
Yulduz Abdurashidova
LiveBarchasi