Rossiyada ayol ko‘p qavatli uydan tushib ketgan go‘dakni ushlab oldi (video)
3-sahifa
−
27 iyul 2021
17857Rossiyada joriy yilning 21 iyul kuni bir yarim yoshli bola ko‘p qavatli uyning ikkinchi qavati derazasidan tushib ketdi. Bu haqda “Aziya Plyus” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ikkinchi qavatdan tushib ketayotgan bolani 64 yoshli Svetlana Sanarova ushlab qolgan. Uni ota-onasiga topshirib ketgan, hozirda ayolni politsiya taqdirlash uchun qidirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, bola tushib ketgan vaqtda uning ota-onasi uyda bo‘lib, ro‘zg‘or ishlari bilan band bo‘lgan. Bolaning derazani oldida o‘ynayotganini esa payqashmagan.
Hozirda bolaning ahvoli yaxshi. Uni ko‘zdan kechirilganda jiddiy jarohatlar qayd etilmagan.
LiveBarchasi