Rossiyada armiyani obro‘sizlantirganlar fuqarolikdan mahrum etilishi mumkin

Olam

image

Rossiyada mamlakat armiyasi haqida zararli ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, mamlakat hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan ommaviy chaqiriqlar uchun Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini bekor qilish taklif etiladi. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar bermoqda.

Tegishli tuzatish Davlat Dumasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan. Birinchi o‘qishda qabul qilingan fuqarolik to‘g‘risidagi qonun loyihasining 24-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlar ro‘yxati kengaytirilgan.

Qayd etilishicha, huquqbuzar xatarli harakati qachon amalga oshirilganiga qaramay javobgarlikka tortilishi mumkin.

Jinoyat fakti Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan aniqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing