Rossiyada antirekord

Olam

image

Rossiyada bir kechaning o‘zida Koronavirus bilan bog‘liq 30,288 ta kasallanish holati qayd etildi. Bu mamlakatda pandemi boshlangandan buyon yangi antirekorddir. Bu haqda kecha, 11 dekabr kuni koronavirusga qarshi kurash markazi xabar berdi. Markazga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab virusga chalinganlar soni 9,986,967 ga yetgan. 

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda virus bilan kasallanish ko‘rsatgichi 0.3 foizga oshgan. 

Xususan, o‘tgan 24 soat davomida Sankt-Peterburgda 2045 ta, Moskvada 1833 ta, Samara viloyatida 733 ta, Krasnodar o‘lkasida 721 ta va Krasnoyarsk o‘lkasida 719 ta holat qayd etilgan.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutka davomidan vuris bilan bog‘liq 1,171 ta o‘lim holati ro‘y bergan. Umumiy o‘limlar soni 288,351 tani tashkil qilmoqda. Bu mamlakat bo‘ylab virusga chalinganlarning 2,89 foiziga to‘g‘ri keladi. 

Qayd etilishicha, sutka davomida virusdan 36,446 kishi tuzalib, sog‘ayganlar soni 8,709,964 ga yetgan. Bu virus yuqtirib olganlarning 87.2 foizini tashkil qilmoqda.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

855

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing