Rossiya aerodromlariga hujum qilindi. Qurbonlar bor

Olam

image

Ukraina qurolli kuchlari Kiyev, ehtimol, Ukraina hududidagi nishonlarga zarba berishda ishtirok etgan deb hisoblagan Rossiyaning uzoq masofali samolyotlariga hujum qilishga urindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi xabar bermoqda

Vazirlikning Telegram-kanalidagi xabarga ko‘ra, Ryazan viloyatidagi Dyagilevo va Saratov viloyatidagi Engels harbiy aerodromlariga hujum qilingan, texnik xodimlarning uch nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan. 

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan reaktiv dronlar bilan zarba berishga harakat qilinganini ta’kidladi. Rossiya Mudofaa vazirligining qo‘shimcha qilishicha, hujum uzoq masofaga uchuvchi samolyotlarni ishdan chiqarishga qaratilgan. 

“Past balandlikda uchayotgan Ukraina uchuvchisiz havo vositalari havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan ushlab olindi. Reaktiv dronlarning parchalari qulashi va portlashi natijasida ikkita samolyotning korpusi biroz shikastlangan. Aerodromda bo‘lgan uch nafar rossiyalik texnik xizmatchi og‘ir jarohatlar sabab qurbon bo‘lgan. Yaralangan yana to‘rt nafar harbiy xizmatchi tibbiyot muassasalariga olib ketilib, ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi”, deyiladi Rossiya harbiy boshqarmasi xabarida. 

Voqea haqida Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi izoh berdi. 

Boshqarma vakili Andrey Yusovga ko‘ra, Rossiya hududida sodir bo‘layotgan voqealar uchun bu davlat hukumati javobgar. 

“Bosqinchi davlat hududida sodir bo‘layotgan voqealar uchun tajovuzkor davlat hukumati javobgardir. Bugungi voqealar ularning, jumladan, harbiy infratuzilmaning tanazzulga uchrashining yana bir belgisidir. Qolganini na tasdiqlay, na inkor eta olmaymiz”, deydi Yusov.

Qayd etilishicha, Saratov va Ryazan viloyatlaridagi harbiy ob’ektlarda sodir bo‘lgan voqealar haqidagi hisobotlar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1470

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing