Rossiyada -53 darajagacha sovuq kutilyapti
Bu qiziq
−
05 yanvar 2023
23916Yaqin kunlarda Rossiyaning Yevropa qismidagi hududlarda 34-47 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Yaqutiston, Magadan viloyati va Chukotkada havo harorati -48-53 darajagacha tushadi. Bu haqda Rossiya Gidrometeorologiya markazi ilmiy rahbari Roman Vilfand ma’lum qildi.
“Yaqin kunlarda mamlakatning yarmidan ko‘pida juda sovuq ob-havo kuzatiladi. Ko‘pgina hududlar eng kuchli harorat anomaliyalari bilan qoplanadi. Nenets avtonom okrugining Arxangelsk viloyatida 5-9 yanvar kunlari havo harorati 30-37 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Komida – 30-39 daraja sovuqgacha, Kareliyada – 26 darajagacha sovuq, Vologda viloyatida – 33 darajagacha sovuq, Sankt-Peterburgda – 23-25 darajagacha sovuq bo‘ladi”, deydi u.
Vilfandning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy-G‘arbiy Federal okrugi hududlarida havo harorati iqlim me’yoridan 8-19 daraja, Janubiy Federal okrugi hududlarida esa me’yordan 7-11 daraja past bo‘ladi.
Ural federal okrugi hududlarida havo harorati 5 yanvardan boshlab me’yordan 11-20 daraja past bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
“Sverdlovsk viloyatida 5-9 yanvar kunlari 34 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Chelyabinsk viloyatida – 33-34 daraja sovuqgacha, Qo‘rg‘on viloyatida – 25-30 daraja sovuqgacha, Tyumen viloyatida ham taxminan shunday harorat, lekin Uralning shimolida butunlay sovuq kutilmoqda. Yamalo-Nenets, Xanti-Mansi avtonom okruglarida – 45-47 darajagacha sovuq”, deydi meteorolog.
Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, eng sovuq ob-havo yaqin kunlarda Magadan viloyati, Yoqutiston va Chukotkada bo‘ladi, u yerda havo harorati 48-53 daraja sovuqqa tushadi.
LiveBarchasi