Rossiyada 36 migrantni noqonuniy ro‘yxatga olgan o‘zbekistonlik ishi sudga oshirildi

Olam

image

Moskva viloyatida 36 nafar xorijlikni noqonuniy ro‘yxatga olishni tashkil qilgan O‘zbekiston fuqarosi ishi bo‘yicha tergov yakunlandi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi. 

“Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva shahri bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasining O‘ta muhim ishlarni tergov qilish birinchi boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tergov qilishni yakunlab, ishni sudga oshirdi. Sudlanuvchi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda (noqonuniy migratsiyani tashkil etishda) ayblanmoqda, u hibsda”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi aybiga iqror bo‘lmagan.  

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi 2022 yilning iyunidan 2023 yilning iyuliga qadar o‘z sheriklari bilan birgalikda kamida 36 nafar xorijlik fuqaroning Rossiya hududida pul kompensatsiyasi uchun noqonuniy bo‘lishini tashkil qilgan. Tekshiruv doirasida poytaxt viloyatida 10 dan ortiq tintuv o‘tkazilib, ular davomida Rossiya hududida bo‘lish qoidalarini buzayotgan migrantlar aniqlangan. Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida 36 nafar chet el fuqarosi respublika hududidan chiqarib yuborildi, 100 dan ortiq fuqaro migratsiya qonunchiligini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. 

Ma’lum qilinishicha, uning sheriklariga nisbatan jinoyat ishi alohida protsessga ajratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing