Rossiyada 20 kishilik avtobus yo‘l o‘tkazgichdan qulab tushdi. Qurbonlar bor
Olam
−
04 aprel 2022
5749Bugun, 4 aprel kuni Rossiyaning Moskva viloyatida 20 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus yo‘l o‘tkazgichdan qulab tushdi, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, 18 kishi jarohatlandi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“M-9 avtomagistralining 104-kilometrida, Matrenino qishlog‘iga burilib, 467-sonli Moskva- Volokolamsk yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan oddiy avtobus to‘siqni buzib, estakadadan chiqqan va yo‘l o‘tkazgichdan qulab tushgan”, deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda jami 20 kishi bo‘lgan. Ulardan ikki nafari halok bo‘lgan va 18 nafari jarohatlangan.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea bugun, 4 aprel kuni soat 10:00 da sodir bo‘lgan.
“Avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, panjarani buzib o‘tib, ariqga tushib ketdi, shundan so‘ng u yonboshiga ag‘dardi. YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Mamlakat Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi vakili Olga Vradiyning so‘zlariga ko‘ra, bir necha jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Tergovchilar voqea joyiga borib, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish fakti bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.
Ma’lum bo‘lishicha, qutqaruv ishlariga jami 41 kishi va 15 ta texnika jalb qilingan, ulardan sakkiz kishi hamda uch dona texnika Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli. Voqea joyida kamida to‘rtta tez yordam mashinasi yetib borgan.
LiveBarchasi